ELGA YANADA QULAY BO‘LISHI UCHUN...
Tumanimizda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, asosiy va ichki yo‘llar chetiga piyodalar yo‘lakchalari va veloyo‘laklar barpo etilmoqda.
Tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlari markaziga olib boruvchi Po‘latchi va Sazag‘on mahallalarini kesib o‘tgan ko‘chaga ham piyodalar yo‘lakchasi qurildi.
Eʼtiborli jihati, mazkur yo‘lakcha yonidan ko‘zi ojiz, nogironligi bo‘lgan fuqarolar qulay harakatlanishi uchun alohida maxsus yo‘lak bunyod etilmoqda.
Bu kabi ishlarning barchasi albatta aholi manfaati uchundir.
 
                        



