ELEKTR TAʼMINOTIDA PROFILAKTIK ISHLAR
Aholini sifatli elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida tuman elektr taʼminoti korxonasi xodimlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, mahallalardagi elektr tarmoqlarining muhofaza hududlari ko‘zdan kechirilib, xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Shu qatorda, turli hududlardagi transformatorlar va elektr tarmoqlarida joriy taʼmirlanishi barobarida, elektr simlari shoh-shabbalardan tozalanmoqda.
Bu kabi ishlar navbati bilan barcha hududlarda davom etadi.