EKOLOGIYANI TOZA SAQLAYLIK!
Tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan hududlarda muntazam ravishda kuzatuv reyd tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, o‘tkazilgan tadbirlar davomida Kamolot MFYda yashovchi fuqarolar tomonidan shu mahalladagi belgilanmagan joylarga chiqindi tashlanganlik holatlari aniqlanib, bu bo‘yicha tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirildi va jarimalar belgilandi.
Bu kabi reyd tadbirlari tuman bo‘ylab barcha hududlarda davom etadi.
Hurmatli fuqarolar, belgilanmagan joylarga chiqindi to‘planishi turli kasallik qo‘zg‘atuvchilari rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Barchangizdan bu kabi holatlarni oldini olishda faol bo‘lishingizni so‘rab qolamiz. Zero, atrof-muhitni toza saqlash barchamizning burchimizdir.