DZYUDO BO‘YICHA O‘ZBEKISTON CHEMPIONATI O‘TKAZILDI
Nukus shahrida yoshlar va yosh qizlar o‘rtasida sportning dzyudo turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi o‘tkazildi.
Unda yurtimizning barcha viloyat va shaharlaridan tashrif buyurgan sportchi yoshlar ishtirok etib, g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Murosasiz kechgan bellashuvlarda pastdarg‘omlik yosh sportchilar ham munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi.
Jumladan, o‘g‘il bolalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan kurashlarda Ibrohim Nurullayev 100 kilogram vazn toifasida, qizlar o‘rtasida kechgan bellashuvlarda esa Umida Abduhamidova 57 kilogram vaznlilar o‘rtasida 3-o‘ringa loyiq ko‘rildi.