"DUNYO IMORATLARI ICHIDA ENG ULUG‘I-MAKTAB"
Tumanimizda ta‘lim sohasini yanada rivojlantirish va yosh avlod bilim olishi uchun qulay sharoit yaratib berish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, maktab va bog‘chalar zamonaviy jihozlar bilan taʼminlanib, binolari ham birma-bir yangilanib boryapti.
Zangiboyi mahallasidagi 75-maktabda ham o‘quvchilarga qulaylik yaratish maqsadida yangi qo‘shimcha bino qurildi.
Byudjet mablag‘lari hisobidan 3,7 milliard so‘m evaziga barpo etilgan 260 o‘rinli yangi bino bugun foydalanishga topshirilmoqda.
Uning ochilish marosimida sektor rahbarlari tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilotlar vakillari, nuroniylar va faol fuqarolar ishtirok etyapti.
Tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqan tuman hokimi mamlakatimizda taʼlim sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida alohida to‘xtaldi.