DOLZARB MASALALAR YUZASIDAN NAVBATDAGI MUHOKAMA
Tuman hokimi Sh.Rahmonov tegishli mutasaddilar hamrohligida "mahalla yettiliklari" va ularga biriktirilgan masʼullar bilan zoom platformasi orqali navbatdagi tahliliy muhokamani o‘tkazdi.
Unda kun tartibidagi masalalar, jumladan, mahalliy byudjet holati, aholi murojaatlari, to‘qqiz oylik belgilangan asosiy vazifalarning ijrosi, jinoyatchilikni oldini olish, hududlarni obodonlashtirish, qishloq xo‘jaligi mavsumini risoladagidek betalofat o‘tkazish hamda fuqarolarga qulaylik yaratish kabi masalalar xususida so‘z yuritildi.
Shuningdek, muhokamada mahalla raislari va joylardagi vakillar aholining kayfiyati, ularni qiynayotgan masalalar, mahallalardagi mavjud muammolar yuzasidan taklif va mulohazalarini bildirdi hamda ular bo‘yicha aniq chora tadbirlar belgilanldi.




