08-10-2025 18:49
DEPUTATLAR DALADA
-...Deputat xalq vakili, u doimo odamlar orasida bo‘lmog‘i lozim, – deydi – xalq deputatlari tuman Kengashi mudiri F.Xolmurodova, – Xalqning quvonchu tashvishiga sherik bo‘lishi, ularga yaratilgan mehnat sharoitlari bilan tanishish deputatning birlamchi vazifasidir.
Darhaqiqat shunday, deputatlik mansab emas, masʼuliyatdir. Shu bois bugun tuman Kengashi deputatlari paxta maydonlariga chiqib, hasharchilar holidan xabar olishmoqda.
Joylarda ilg‘orga terimchilarga sovg‘alar ulashilyapti.




