DELIGATSIYA TARKIBIDAGI TADBIRKORLAR HAM FAOL
Pastdarg‘om tumani hokimi boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari, O‘zbekistonning Shanxaydagi bosh konsulligi masʼullari, Shanxay shahrining Pudun tumani Hukumati vakillari hamda 60 dan ortiq xitoyning yirik kompaniyalari rahbarlari ishtirokida biznes forum bo‘lib o‘tgani xususida xabar qilgan edik.
Forumdan so‘ng, Pastdarg‘om tumani va Shanxay provinsiyasi o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, tadbirkorlik faoliyati borasida keng hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida “B2B” va “G2B” formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvlarda, tumanimizda faoliyat olib boruvchi "Juma elevatori" AJ, "SAMARQAND KAMALAK INVEST TEKSTIL" MCHJ, "QOBIL SHAXNOZ MIRISHKORI" MCHJ va “SAMPLASTSERVIS” MCHJlar rahbarlari ishtirok etib, qo‘shma korxonalar tashkil etish hamda o‘zaro manfaatli shartnomalar tuzishning amaliy jihatlarini batafsil muhokama qilishdi.
Shuningdek, elektrotexnika mahsulotlari, turli o‘lchamdagi metall quvurlar va santexnika mahsulotlari ishlab chiqarish, zamonaviy issiqxona xo‘jaligini tashkil etish, qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga kelishib olindi.