DELEGATSIYA AʼZOLARI GULCHILIKKA IXTISOSLASHGAN KO‘RGAZMADA
Ayni kunlarda rasmiy tashrif bilan Eron davlatida bo‘lib turgan Pastdarg‘om delegatsiyasi aʼzolari Xurosoni Razaviy viloyatida tashkil etilgan “MASHXAD GARDEN -2025” gulchilikka ixtisoslashgan 22-ko‘rgazmada ishtirok etishdi.
Umumiy maydoni 40 gektar bo‘lgan ushbu ko‘rgazma Xurosoni Razaviy viloyati va boshqa provinsiyalarda yetishtiriladigan gullar, manzarali o‘simliklar va bog‘lar uchun tashkil etilgan bo‘lib, unda 220 xil turdagi 250 mingdan ortiq o‘simliklar namoyish etilyapti.
Tashrif davomida tuman hokimi Sh.Rahmonov boshchiligidagi delegatsiya ko‘rgazmadan joy olgan manzarali o‘simliklar turlari, ularning parvarishi va iqlimga moslashuvi bilan qiziqib, Pastdarg‘om tumanida ham shu kabi ko‘rgazmalarni tashkil etish masalasi bo‘yicha fikr almashildi.
Bunda, tumanimiz iqlimiga mos, chidamli va manzarali o‘simlik turlarini keltirib, shu yerda yetishtirish va o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish taklifi ilgari surilib, bu borada kelishuvlar tuzildi.
Shu bilan viloyat delegatsiyasi tarkibidagi tuman delegatsiyasining Eron davlatiga tashrifi samarali natijalar bilan yakunlandi.