insurez
29-05-2024 18:00

Davlat xavfsizlik xizmati kubogi


Pastdarg‘om tuman Juma shahrida joylashgan 1-son sport maktabi o‘yin maydonida  Davlat xavfsizlik xizmati kubogi Pastdarg‘om tuman bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi  bo‘lib o‘tmoqda. 

Unda tuman Sektorlar rahbarlari, Davlat xavfsizlik xizmatining tuman bo‘linmasi, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi rahbarlari hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari va tuman mahallalaridan tashrif buyurgan yoshlar keng jamoat ishtirok etmoqda.
 

🏆 Pastdarg‘omda DXX kubogining navbatdagi g‘oliblari aniqlandi

⚽️  Pastdarg‘omda uyushmagan yoshlar o‘rtasida sportning futbol hamda mini-futbol turi bo‘yicha o‘tkazilayotgan Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqasining tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi. 

⚽️ Musobaqada tumanning har bir mahallasidan shakllantirilgan 107 jamoa maydonda to‘p surishdi. Musobaqa yakunlariga ko‘ra, yigitlar o‘rtasida futbol bo‘yicha Do’rmonsoy mahallasi yoshlari, mini-futbol bo‘yicha yigitlar o‘rtasida Qatorterak mahallasi yoshlari, qizlar o‘rtasida esa Olti qahramon mahallasi yoshlari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 

⚽️ Gʻolib jamoalarni taqdirlash marosimida tuman sektor rahbarlari ishtirok etib, g‘oliblarni qutladi. Shuningdek, uch yo‘nalish bo‘yicha birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamolarga diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.


Teglar
- -