insurez
23-01-2025 10:04

CHUNSINNING YIRIK TADBIRKORLARIGA “PASTDARG‘OM” MAXSUS SANOAT ZONASI TAQDIMOT QILINDI


Bugun, tumanimiz delegatsiyasi Xitoy davlatining Chunsin shahrida bo‘lib, hamkorlik muzokaralarini olib borayotgani xususida xabar qilgan edik.

Tashrif davomida tumandoshlarimiz Xitoyning 4 ta provinsiyasi bo‘yicha Samarqand viloyatiga biriktirilgan masʼul Wang Xiaoyou xonim hamrohligida, mazkur shaharning yirik ishbilarmonlari va salohiyatli kompaniyalari rahbarlari bilan tashkil etilgan uchrashuvda ishtirok etishdi.

Xususan, uchrashuvda tuman hokimi Sh.Rahmonov tumanimizdagi 234,3 gektar maydonda joylashgan “Pastdarg‘om” maxsus sanoat zonasi to‘g‘risida maʼlumot berib, uning joylashuvi, imkoniyatlari, qulayliklari bilan tanishtirdi.

Shuningdek, ushbu hududda hamkorlikdagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish niyatida bo‘lgan xitoy kompaniyalarini hamkorlik uchun taklif qildi.

Uchrashuvda ishtirok etayotgan atrof muhitni muhofaza qilish, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi texnikalari va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish, raqamlashtirish va boshqa yo‘nalishdagi 20 dan ortiq yirik kompaniyalar rahbarlari “Pastdarg‘om” maxsus sanoat zonasiga qiziqish bildirib, o‘zaro hamkorlikda ishlash istagini bildirishdi.

Teglar
- -