CHORVACHILIK SOHASI YANADA RIVOJLANISHI LOZIM
Ayni paytda, tuman hokimi Sh.Rahmonov tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi xodimlari hamda chorvachilik yo'nalishidagi fermer xo‘jaliklari raislari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Bunda, fermer xo‘jaliklari faoliyatini kengaytirish, go‘sht mahsulotlari yetkazib berish hajmini yanada oshirish, eksportbop mahsulotlarni yetishtirish, sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni ishlab chiqish lozimligi taʼkidlanib, bu borada fermerlarga barcha qonun doirasidagi yordamlar ko‘rsatilishi ta'kidlanmoqda.
Shuningdek, faoliyatini kengaytirmayotgan, soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lamayotgan va rivojlantirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan fermer xo‘jaliklariga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishi mumkinligi tushuntirildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha muddatlar belgilanyapti.