insurez
02-04-2025 18:02

CHIGIT EKISH ISHLARI JADAL TUS OLDI


Xabaringiz bor, Pastdarg‘om tumanida 2025-yil paxta hosili uchun yerga urug‘ qadash ishlariga kirishilgan bo‘lib, ayni paytda bu boradagi ishlar jadal suratda davom etyapti.

Tuman hokimi tegishli mutasaddilar hamkorligida qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishmoqda.

Xususan, chigit ekish jarayoni, zarur agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, yerga urug‘ qadashda ekilayotgan g‘o‘za navi, urug‘lik chigit sifati, ekish tartibiga jiddiy eʼtibor qaratish, g‘alla parvarishi, texnikalar shayligi, dala chetlariga ko‘chatlar o‘tqazish, suv tejamkorligini yaxshilash va tomchilatib sug‘orish hajmini kengaytirish, dala cheti madaniyati kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

O‘rganishlar ayni paytda Do‘stlik, Bolatosh, O‘zbekiston MMTPlari hududidagi fermer xo‘jaliklarida olib borilayotgan bo‘lib, kun davomida boshqa hududlarda ham davom etadi.

Teglar
- -