insurez
17-08-2024 17:17

CHEMPION QIZINGNI QUTLA, PAST DARG‘OM


Yurak to‘la faxr, iftixordan shod, 
Yulduzga yetguday g‘urur ham shu on. 
Nomingni dunyoga tanitib qo‘ydi, 
Chempion qizingni qutla, Past Darg‘om. 

Olov yuragida Vatanning shaʼni, 
To‘maris, Barchinoy jasorati bor. 
Diyora, bu diyor jasur farzandi, 
Yurtim deb yonganga elning mehri yor. 

O‘zbek qizlari-yu, O‘zbekistonning
Timsoli bo‘ldi u jahon sahnida. 
Ko‘ngliga mardona ahdlarni tukkan, 
G‘olib bo‘ladilar do‘stlar, aslida. 

Bugun qutlayotir bu yurtni jahon, 
Hayot qo‘llarida tilak to‘la jom. 
Tasannolar bo‘lsin ming bora yana, 
Chempion qizingni qutla, Past Darg‘om. 

Guljahon MARDON qizi.

Teglar
- -