insurez
04-07-2024 19:57

BUNYODKORLIK – FAROVONLIK TIMSOLI


Mamlakat taraqqiyoti hamda xalqning yuksalishida yoshlarning bilimli bo‘lib yetishishi ulkan rol o‘ynaydi albatta.

Ayni paytda, kelajak avlod taʼlim-tarbiyasiga berilayotgan eʼtibor va yaratilayotgan imkoniyatlar ham bejiz emas.

Tuman hokimi tegishli o‘rinbosari va masʼullar hamrohligida ikkita mukammal taʼmirlanish ishlari olib borilayotgan umumtaʼlim maktablari va ko‘prik qurilishini o‘rgandi.

Dastlab, "UTKIR SARBON SERVIS" XK tomonidan 46-umumtaʼlim maktabida 4 milliard 295 million so‘m mablag‘ evaziga 450 o‘rinli binoning mukammal taʼmirlash ishlari bilan tanishdi.

Shundan so‘ng, DILSHODA OBOD QO‘RG‘ON" MCHJ tomonidan 50-umumtaʼlim maktabida 6 milliard 331 million so‘mga mukammal taʼmirlash ishlari bajarilayotgan qurilish maydonini ko‘zdan kechirdi.

Shu singari, “Toshkent Tres”MCHJ tomonidan 19 milliard so‘m mablag‘ evasiga "Samarqand-Juma- Kattaqo‘rg‘on" avtomobil yo‘lining 22 km qismidagi temiryo‘l kesishmasidan o‘tadigan ko‘prikni rekonstruksiya qilish ishlari o‘rganildi.

Shu qatorda, tegishli masʼullarga bunyodkorlik ishlarida har tomonlama puxta o‘ylab ish ko‘rish lozimligi va kelajak avlod uchun uzoq yillar xizmat qiladigan taʼlim dargohlari bunyod etilishida barcha birdek harakat qilishi kerakligi taʼkidlandi.

Teglar
- -