insurez
03-02-2026 17:08

Bugun Pastdarg‘om tumanida ham Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi


Sessiyada viloyat hokimi Adiz Boboyev so‘zga chiqib, tuman salohiyati, iqtisodiy imkoniyatlari, keyingi yillarda xalq xo‘jaligining turli sohalarida erishilgan yutuqlar hamda yechimini kutayotgan muammolar haqida gapirdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Sh.Rahmonov o’z arizasiga ko’ra tuman hokimi vazifasidan ozod etildi.
Shu paytgacha  Pastdarg‘om tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari  – Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat ko’rsatgan Pardayev Jamshid Arziyevich Pastdarg‘om tumani hokimi etib tasdiqlandi. 

Sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi muhim vazifalar belgilab olindi.

Teglar
- -