insurez
05-05-2025 18:35

BO‘SH TURGAN OBYEKTLARDAN SAMARALI FOYDALANISH LOZIM


Shu kunlarda tumanimizdagi foydalanilmasdan turgan obyektlar, bo‘sh turgan binolar va kam quvvatda ishlayotgan korxonalar bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganish olib borilmoqda.

Jumladan, "Kimyogarlar qo‘rg‘onida"gi bo‘sh va samarasiz turgan obyektlar, ish faoliyati to‘xtab qolgan korxonalar o‘rganilib, binolar va yer maydonlaridan samarali foydalanish, tadbirkorlar faoliyatini tiklash borasida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olinmoqda.

Shuningdek, yangi loyihalarni ishga tushirish, bu orqali qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilyapti.

Har bir tadbirkor bilan joyida uchrashilib, uning muammo va kamchiliklari o‘rganilmoqda.

Bu kabi o‘rganishlar tuman bo‘ylab barcha hududlarda navbati bilan olib boriladi.

Teglar
- -