insurez
29-04-2025 18:35

BOSH PROKURATURA MASʼULLARI TUMANIMIZDAGI BOZORLAR FAOLIYATI BILAN TANISHDI


Maʼlumki, tumanimizdagi bozorlar infratuzilmasini yaxshilash, sotuvchi va xaridorlar uchun qulay muhitni shakllantirish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi masʼullari Sh.Kunduzov va S.Javliyevlar tumanimizga tashrif buyurib, tuman hokimi birinchi o‘rinbosari, tuman prokurori, IJQKD tuman bo‘limi boshlig‘i, tuman Soliq inspeksiyasi rahbari hamda tegishli tashkilotlar mutasaddilari hamrohligida "Pastdarg‘om meva-sabzavot" MCHJda amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Xususan, bozor hududida barpo etilgan zamonaviy avtoturargoh faoliyati, kameralashtirish va raqamlashtirish tizimi, muqobil energiyadan foydalanish va bozor hududini yoritish masalalari, yong‘in, texnika, sanitariya va boshqa xavfsizlik choralari ko‘rilganligi, rastalar, savdo do‘konlari holati hamda harakat xavfsizligini taʼminlash borasida olib borilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida respublika masʼullari amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish barobarida, bozorlarni yana-da rivojlantirish, infratuzilmasini yaxshilash, korrupsiya va yashirin iqtisodiyot holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tavsiya, ko‘rsatmalar berishdi.

Teglar
- -