insurez
26-04-2025 18:01

"BESH TASHABBUS PARALIMPIADASI" MUSOBAQALARI


Pastdarg‘om tumanida ommaviy sportga aholi qamrovini oshirish, ayniqsa nogironligi bo‘lgan shaxslarni adaptiv sport turlariga jalb etish va ularning jismoniy imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga qaratilgan “Besh tashabbus paralimpiadasi” musobaqalarining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Sog‘lom turmush tarziga chorlovchi musobaqa jismoniy imkoniyati cheklangan tumandoshlarimiz uchun ijtimoiy hayotga moslashuv jarayonini oshirish, ommaviy sportga jalb etishni yangi bosqichga olib chiqish hamda reabilitatsiya qilishni ko‘zda tutadi.  

Musobaqada 300 nafarga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslar para stol tennisi, para armrestling, para yengil atletika, para badminton, para shaxmat va para shashka sport turlari bo‘yicha o‘zaro bahs olib bordi.

Natijalarga ko‘ra,

Elyor Elmatov para yengil atletikaning 100 metrga yugurish yo‘nalishi bo‘yicha,

Umidjon Boymurodov para yengil atletikaning uzunlikka sakrash yo‘nalishi bo‘yicha,

Umidjon Ilashev para badminton bo‘yicha,

Og‘abek Raxmatullayev para shaxmat bo‘yicha,

Mirzabek Yuldoshev Armrestling (aravachada) bo‘yicha, 

Alisher Suvonov Armrestling (chap qulda) bo‘yicha,

Mamadamin Nurmurodov para shashka sport turlari bo‘yicha g‘olib deb topildi.

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlarga musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Teglar
- -