insurez
12-04-2025 15:08

"BESH TASHABBUS OLIMPIADASI" MUSOBAQALARI


Pastdarg‘om tumanida uyushmagan yoshlarni sportga jalb qilish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning “Gandbol” turi bo‘yicha "O‘zbekiston mahallalari uyushmasi kubogi uchun" turniri o‘tkazildi.

17-30 yoshlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqaga jami 4600 nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi va tuman bosqichida 80 nafar yoshlar ishtirok etdi.

Natijalariga ko‘ra;

O‘g‘il bolalar o‘rtasida

1-o‘rin Tozqulton
2-o‘rin Guliston
3-o‘rin Jag‘alboyli mahallalariga nasib etdi.

Qiz bolalar bo‘yicha esa, 

1-o‘rinni Zormon
2-o‘rinni Jag‘alboyli
3-o‘rinni Guliston mahallalari jamoalari qo‘lga kiritdi.

Musobaqada go‘lib bo‘lgan jamoalarga hamkor tashkilotlarning diplom va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Teglar
- -