insurez
21-04-2025 16:50

"BEKA CHAROS" TUMANDAGI NAMUNALI TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIDAN BIRI


Tumanimizda tadbirkorlarga berilayotgan keng imkoniyatlar, yaratilayotgan qulayliklar va ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar natijasida salohiyatli va yirik tadbirkorlik subyektlari soni ortib bormoqda.

Eski Juma mahallasida joylashgan "Beka Charos" XKning tikuvchilik korxonasi ham namunali tadbirkorlik subyektlaridan biri bo‘lib, 2008 yilda 2 nafar ishchi xodim bilan ish boshlagan kichik korxonada bugun 50 nafardan ortiq xotin-qizlarning bandligi taʼminlagan va eʼtiborlisi ular orasida nogironligi bo‘lgan fuqarolar ham faoliyat olib bormoqda.

Maxsus ishchi kiyimlar, yumshoq jihozlar, trikotaj mahsulotlari, jalyuzi pardalari, milliy kiyimlar kabi 50 turdan ortiq mahsulotlar ishlab chiqaruvchi ushbu korxona tomonidan o‘tgan 2024-yilda jami 1,5 milliard so‘mlik tayyor kiyimlar ishlab chiqarilgan hamda buyurtma asosida yurtimiz bo‘ylab barcha viloyat va shaharlardagi davlat va nodavlat tashkilotlar, zavod va fabrikalar xodimlari uchun yetkazib berilgan.

Shuningdek, o‘tgan yilda ushbu korxona imtiyozli kredit mablag‘lari hisobiga Xitoy davlatidan 1 milliard so‘mlik tikuv jihozlari olib kelingan bo‘lib, zamonaviy jihozlar mahsulotlar sifati va ish samaradorligini oshirish uchun xizmat qilmoqda.

Davlatimiz rahbarining joriy yilning 18-aprel kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida (https://t.me/Press_Secretary_Uz/5614) barcha darajadagi rahbarlarga ishlab chiqaruvchi va eksportchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lish bo‘yicha berilgan topshiriqlariga asosan, tuman hokimi Sh.Rahmonov tegishli o‘rinbosar hamrohligida mazkur korxonada bo‘lib, uning faoliyati, ish jarayoni hamda ishchi xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish barobarida, u yerdagi muammo va kamchiliklarni o‘rgandi.

Shuningdek, ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, faoliyatini kengaytirish bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, korxona faoliyatiga doir ayrim masalalarni bartaraf qilish xususida aniq vazifalar belgilandi.

Teglar
- -