#Ayni_paytda
Tuman hokimi Sh.Rahmonov tegishli o‘rinbosar va mas'ullar hamrohligida Marokanda mahallasida istiqomat qilib kelayotgan aholi bilan uchrashib, ularning kayfiyati, yashash sharoiti va ularni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganmoqda.
Shu kabi, ijtimoiy soha obyektlari bilan tanishilyapti.
Shuningdek, mahalla masʼullari, ko'chaboshilar, faol fuqarolar hamda nuroniylar bilan uchrashib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, muammo va kamchiliklar, yangi yil bayramiga ko'rilayotgan tayyorgarlik ishlari bo‘yicha suhbat o‘tkazmoqda.
Shu qatorda, kelajak avlod taʼlim-tarbiyasiga alohida e'tibor qaratish, hamjihatlikda o'z yashash hududimizni obod qilish lozimligi ta’kidlandi.