#Ayni_paytda
Chortut mahallasi hududida Pastdarg‘om tumani aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul o'tkazilmoqda.
Qabulda tuman hokimi Sh.Rahmonov, o'rinbosarlari va masʼul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etmoqda.
Hozirga qadar, fuqarolar tomonidan 30 ga yaqin turli masalalardagi murojaatlar kelib tushdi va tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi.
Hurmatli fuqarolar! Sayyor qabulda ishtirok etib, o‘zingizni qiynayotgan muammo va takliflaringizni bildiring.
Qabulga tashrif buyurish imkoniyati bo‘lmagan fuqarolar tuman hokimining xizmat telefon raqamiga telegram orqali murojaat yo‘llashlari mumkin.
998950271071




