insurez
12-02-2026 16:44

ASSALOMU ALAYKUM, HURMATLI TUMANDOShLAR VA TUMANIMIZ MEHMONLARI !


Sizlarga tumanimizdagi kriminogen vaziyatni yaxshilash va uni barqarorlashtirish tumanimizni jinoyatdan holi hududga aylantirish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha jamoatchilik nazorati asosida bir qator chora tadbirlar belgilab olindi.

Tumanimizda istiqomat qilayotgan barcha fuqarolarimizni va tashrif buyurgan tumanimiz mehmonlarini, sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoiy xavf xatarlardan ogoh bo‘lishingizni so‘rab sergaklikka chaqiraman.

2026 yil yanvar oyi davomida jinoyat va  huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida, Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan  hamkor   tashkilotlar bilan birgalikda bir qator  umumprofilaktik  ishlar amalga oshirildi.

Sodir   etilgan   jinoyatlarni   hisobga  qo‘yish  va  o‘z  vaqtida keng jamoatchilik oldida muhokama qilish,  jinoyatlarning sodir  etilish sabablarini, unga imkon  bergan  omillarni  o‘rganish va bartaraf qilish  borasidagi  ishlarga alohida eʼtibor berildi.

Bugungi kunda tumanimizda sodir etilishi mumkin bo‘lgan barcha turdagi jinoyatlarni oldini olish va ularga chek qo‘yish borasida qator amaliy chora tadbirlar olib borilmoqda.

Ayniqsa, jinoyat va huquqbuzarliklarning  barvaqt  oldini olish  maqsadida  “Xavfsiz hudud”, “Tig‘” tadbirlari, “Tun” tadbirlari, muqaddam sudlanganlar bilan olib borilayotgan ishlarni kuchaytirish maqsadida “Nazorat”,Probatsiya hisobidagilarni  nazorat qilish bo‘yicha  “Ijro”,  oila  turmush  munosabatlari  doirasidagi  jinoyat  va huquqbuzarliklarning 

oldini olish bo‘yicha “Turmush”,    voyaga   yetmaganlar  nazoratsizligi va qarovsizligiga  barham  berish  bo‘yicha   “Davomat” maxsus-profilaktik tadbirlari va “O‘quvchi”  reydlari   o‘tkazildi.   

Shu o‘rinda taʼkidlash joizki!

Olib borilgan ushbu umumprofilaktik ishlarga  natijasida, qotillik, og‘ir tan jarohati yetkazish, talonchilik, bosqinchilik va bezorilik kabi jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa, o‘g‘irlik va og‘ir tan jarohati jinoyatlari kamayishiga erishildi

 Umumiy jinoyatlarning 6 tasi mahallalarda sodir etilgan jinoyatlarni tashkil etmoqda.

      Tumanda  jami 100 ta mahallalar mavjud bo‘lib, jinoyatchilik  mahallabay  tahlil  qilinganida  ularning 95 tasida jinoyat sodir etilmadi.

        - “Qizil” mahallalar mavjud emas.      

       - 5 tasi “sariq” yaʼni jinoyati barqaror saqlangan mahallalar toifasiga  kiritildi.

        - 95 tasi “yashil” yaʼni jinoyat  sodir etilmagan mahallalar toifasiga   kiritilgan.

Hurmatli ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakillari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 05 yanvar kunidagi PQ-1-sonli Qarorida ham bu borada voyaga yetmagan va yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, taʼlim muassasalarida 

maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yana-da oshirishni ko‘zda tutadi.

     yoshlarning shaxsiy rivojlanishiga, ularning iqtidori va isteʼdodini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish, «Besh tashabbus olimpiadasi»ni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish; 

     axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilishda Siz, aziz farzandlaringizga to‘g‘ri yo‘nalishlarni tashkil etishligingizni so‘raymiz.

Hurmatli tumanimiz fuqarolari xotin–qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurash borasida ham bir qator chora –tadbirlar belgilab kelinmoqda, shuningdek,

29 nafar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar himoya orderlari berildi.

Himoya orderi talablariga rioya qilmagan jami 3 nafar shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi.

Muhtaram Prezidentimizning joriy yil 05 yanvar kunidagi PQ-1-sonli qaroriga asosan tumanimizda jinoyatchilikni oldini olishga va mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishga qaratilgan chora tadbirlar natijasida:

Ijtimoiy profilaktika yo‘nalishida Huquqbuzarlik sodir etishga moyil yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan 2 473 nafar shaxslar aniqlanib, “E-ijtimoiy profilaktika” elektron axborot tizimiga kiritilgan bo‘lib, 1 818 nafari (73,5 foizi)ning muammolari hal etildi.

66 nafar profilaktik hisobda turgan ruhiy kasal, giyohvand va spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslar davolanishga yotqizildi.

Bugungi kunda global muammolardan biri bo‘lib kelayotgan  Kiber jinoyatlarning ortib borayotganligini guvohi bo‘lib turibmiz. 

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida tumanimizda axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan jinoyatlar 41 tani tashkil qiladi. Bu borada tuman miqyosida keng qamrovli profilaktik tadbirlar hamda targ‘ibot tashviqot harakatlari olib borilmoqda, shuningdek viloyat miqyosida “Kiberxavfsizlik va kibermadaniyatni yuksaltirish” oyligi profilaktik tadbirlar o‘tkazish tashkil etilib, fuqarolarimizni bu borada huquqiy madaniyatini yuksaltirish, tumanimizni Kiber jinoyatdan holi hududga aylantirish yuzasidan tuman miqyosida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda. Siz aziz fuqarolarimizdan plastik karta raqamlaringizni hech kimga aytmasligingizni, o‘zingizdan boshqa o‘zga shaxslarga bu borada ishonmasliklaringizni, ijtimoiy tarmoqlardagi onlayn savdo orqali o‘zingiz tanimagan bilmagan shaxslarga pul o‘tkazmalarini amalga oshirmasligingizni, telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali turli xil telegram botlarga aʼzo bo‘lmasligingizni so‘rab qolamiz!

Teglar
- -