insurez
16-01-2025 15:42

AHOLINI SIFATLI ELEKTR ENERGIYASI BILAN TAʼMINLASH MAQSADIDA


Yil boshidanoq, Pastdarg‘om tumanida aholini sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida olib borilayotgan ishlar jadal tus olgan.

Jumladan, so‘ngi 10 kun mobaynida tumanda 4 dona yangi transformatorlar hamda 128 dona temir beton tayanch ustunlari o‘rnatildi.

Shuningdek, barcha mahallalardagi havo elektr uzatish tarmoqlari va transformator punktlari ko‘zdan kechirilib, aniqlangan nosozliklar bartaraf etib borilmoqda.

Bundan tashqari, PQ-5072 qaroriga asosan Xonchorbog‘ mahallasida olib borilayotgan 3-dona transformator punkti va 267-dona temir beton tayanch ustunlarini o‘rnatish hamda 5 kilometr masofaga SIP kabellarini tortish ishlari ham davom etmoqda.

Teglar
- -