AHOLIGA QULAYLIK UCHUN "TO‘SIQSIZ YO‘LAKLAR" BUNYOD ETILMOQDA
Yurtboshimizning joriy yildagi 1-sonli qarorida mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish borasida "Xavfsiz yo'laklar" tashkil etish belgilangan.
Shunga ko'ra, Pastdarg‘om tumanida aholiga qulaylik yaratish va piyodalar xavfsizligini taʼminlash maqsadida turli dastur hamda hashar yo‘li orqali "to‘siqsiz yo‘laklar" piyodalar yo‘lakchalari barpo etilmoqda.
Bu boradagi marralar joriy yil uchun ancha yuqori olingan bo‘lib, ayni paytda ishlar qizg‘in tus olgan.
Jumladan, Do'rmonsoy mahallasida joylashgan 6-umumiy o'rta ta'lim maktabiga olib boruvchi ko‘chada 2 kilometrdan ortiq masofaga "to‘siqsiz yo‘lak" bunyod etilmoqda.
Tuman hokimligi tashabbusi, aholi birdamligi va homiylar ko'magida amalga oshirilayotgan "to'siqsiz yo'lakning" qurilish ishlari yakunlanish arafasida.
Umuman olganda, aholiga qulaylik yaratish va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida tumanimizning barcha hududlaridagi asosiy ko‘chalarda piyodalar yo‘lakchalari qayta qurilmoqda.