4-MART—FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI TASHKIL TOPGAN KUN
Shunday soha vakillari borki, ular favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, aholi hayoti va salomatligini, tinchlik va harbiy davrda favqulodda vaziyatlar vujudga kelganda ularning oqibatlarini tugatish yo‘lida o‘z jonini ham ayamaydi.
1996-yil 4-martda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi tashkil etilib, ushbu kun soha vakillarining kasb bayrami sifatida nishonlanib keladi.
Pastdarg‘om tumani FVBda bo‘lib o‘tgan tadbirda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari fidoyi kasb egalarini bayram munosabati bilan samimiy tabrikladi.
Shuningdek, o‘z kasbiga masʼuliyat bilan yondashib kelayotgan bir qator namunali xodimlarga tashakkurnoma va sovg‘alar topshirildi.




