insurez
03-08-2024 11:44

2000 NAFARDAN ORTIQ FUQAROLAR TOZA ICHIMLIK SUVI BILAN TAʼMINLANADI


Oqmang‘it hamda Olmazor mahallalarining fuqarolari tuman hokimining qabulida ichimlik suvidan muammosi borligi yuzasidan tuman hokimini mahallasiga taklif qilgan edi.

Bugungi kunda Oqmang‘it mahallasida jami 250 xonadonning 1100 nafar aholisida, Olmazor mahallasining 210 ta xonadonining 900 nafar aholisining tabiiy suv isteʼmolida muammolari mavjud.

Bugun, tuman hokimi tegshli masʼullar hamrohligida mahalla faollari va nuroniylari bilan uchrashdi.

Uchrashuv moboynida mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan joyida muhokama etilib, qisqa fuqrsatlarda har ikkala mahalladagi suv inshootlari ishga tushiriladigan bo‘ldi.

Oqmang‘it mahallasiga yangi, Olmazor mahallasida esa mavjud suv inshooti joyiga o‘rnatilgan har ikkala mahallaning 460 ta xonadonining 2000 naffardan ortiq aholisi toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.

Teglar
- -