insurez
30-04-2025 15:20

15 YOSHLI PASTDARG‘OMLIK BOKSCHI OSIYO CHEMPIONI


Ayni kunlarda Iordaniya davlatining Amman shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida sportning boks turi bo‘yicha Osiyo chempionati musobaqalari o‘tkazilmoqda.

Kuni kecha ushbu musobaqaning U-15 yoshli o‘smirlari uchun final bahslari bo‘lib o‘tdi.

Natijalarga ko‘ra, yurtimiz vakillari umumiy musobaqani 7 ta oltin, 8 kumush va 8 ta bronza bilan yakunladilar.

Quvonarlisi, musobaqada pastdarg‘omlik yosh va iqtidorli bokschi Jahongirjon Usmonqulov ham ishtirok etib, 58 kg vazn toifasida Osiyo chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.

Ushbu yutuq yosh sportchilar uchun katta ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi. Chempionimizni chin dildan muborakbod etamiz va undan yana-da yuksak marralarni zabt etishini kutib qolamiz!

Teglar
- -