insurez
20-01-2025 15:46

#Hozir


Ayni paytda, Shanxay provinsiyasida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Pastdarg‘om tumani hokimi boshchiligidagi delegatsiya Pudun tumanining Erkin savdo zonasidagi kompaniyalar faoliyati bilan tanishib, hamkorlik muzokaralarini olib bormoqda.

1990-yilda bunyod etilgan mazkur Erkin savdo zonasi orqali butun Xitoyning 20 foiz mahsulotlari import qilinadi.

Logistika va qadoqlash xizmatlari mavjud savdo zonasi tovarni o‘rganish va sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ham ega.

Tashrif davomida tumandoshlarimiz ushbu savdo zonasidagi SHANGHAI Wangaoqiao International Trading Operation Co., LTD, Shanghai Wangaoqiao Direct Imported Goods Co., LTD, Shanghai Wangaoqiao International Logistics Co., LtDga qarashli omborxonalarda bo‘lib, kompaniya masʼullari bilan muzokaralar o‘tkazishyapti.

Ushbu kompaniyaning yer maydoni 30 ming kvadrat metr bo‘lgan omborxonasida dori vositalari, plastik idishlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, hunarmandchilik namunalari, tibbiy uskunalar, oziq-ovqat va ichimliklar saqlanadi.

Muzokaralar davomida, kompaniya rahbarlari Pastdarg‘om tumanida ham, xalqaro savdo operatsiyalari, logistika va import-eksport bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarni tashkil etish taklifini ilgari surishmoqda.

Shuningdek, har ikki tomon bu boradagi o‘z fikrlarini bildirib, dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Jumladan, yaqin vaqt ichida korxona mas‘ullarining tumanimizga tashrif buyurishi va korxona loyihasi uchun yer maydonlarini ajratish masalalari ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilgan.

Teglar
- -