MUAMMOLARNI “FUQAROBAY” YONDASHUV ORQALI HAL ETISH – DAVR TALABI
Fri, 24/12/2021 - 17:11Davlatimiz rahbari tomonidan ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar natijasida jinoyatchilikni jilovlashning samarali mexanizmlari amaliyotga tatbiq qilinmoqda. Ayniqsa kriminogen vaziyati murakkab hududlarda ishning manzilli yondashuv asosida tashkil qilinayotgani sodir etilgan har bir jinoiy xatti-harakatning asl sabablarini o‘rganish va bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.