Янгиликлар

Tibbiy ko'rik davomida fuqarolarga bepul dori-darmon, ko‘zoynaklar berilmoqda

LIVE

Pastdarg'om tumani Go‘zalkent  mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha", "Obod mahalla" me'zonlarini joriy etish borasida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassis vrachlari  ko‘chma laboratoriya, EKG, EXO, UZI apparatlarida  mahalla aholisini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazmoqda.

Go‘zalkent mahallasida

Pastdargʻom tuman Go‘zalkent mahallasida “Obod xonadon”, “Obod ko’cha”, “Obod mahalla” me’zonlari doirasida obodonlashtirish, bunyodkorlik, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini taʼminlash hamda ogʻir hudud toifasidan chiqarish boʻyicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, mahallada yashovchi ijtimoiy ahvoli og’ir xonadonlarga moddiy, ma’naviy yordamlar ko’rsatilmoqda.

“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!”

“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” targ‘ibot tadbirlari tumanimizda ham davom etmoqda. Bugun 25-yanvar kuni 55-son madaniyat markazida bo‘lib o‘tgan targ‘ibot tadbirida Oq oltin mahallasi faollari, o‘qituvchilar,  madaniyat xodimlari, yoshlar, 75014-harbiy qism zobitlari ishtirok etdi.

“O‘zbekiston-2030 strategiyasi”

Jinoyat ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudi tomonidan Pastdarg‘om tuman IIB  binosida joriy yilning keng jamoatchilik ishtirokida kengaytirilgan sayyor uchrashuv va sayyor sud majlisi o‘tkazildi.
Sayyor sud majlisida Pastdarg‘om tumanida qizil hududga kiritilgan mahalla faollari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, tarbiyasi og‘ir yoshlar hamda probatsiya guruxida ro‘yxatda turuvchi mahkumlar ishtirok etdi.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM