Янгиликлар

huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni

Pastdarg‘om tuman hududida xaftaning "Payshanba" kuni huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni doirasida jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Tadbir doirasida yoshlarni vatanparvarlik ruxida tarbiyalash, qonunlarni xurmat qilish va unga amal qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

 

Muammo bartaraf etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Pastdarg‘om tumanidagi 10 ta umumta’lim maktablari hamda sport inshootlarining binolari isitilmayotgani xususida tanqidiy maqola berilgan. 

Holat yuzasida mas’ullar joyiga borib o‘rgandi va muammolar bartaraf etildi. Ayni paytda ushbu maktablarda isitish tizimi ishlamoqda, sinf xonalar issiq.

Sayyor qabul

Pastdarg‘om tuman prokurori E.Axmedjonov, sektor shtabi a’zolari va boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan birgalikda Chortut  mahallasining aholi muammolarini tizimli hal etish maqsadida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

"Xalqni eshitish kuni”  tashkil qildi

Pastdarg‘om tumani 3-sektor rahbari Maruf Qo‘ziyev tomonidan sektori hududida joylashgan Qoqsoy hamda Temirxo'ja mahallalarida "Xalqni eshitish kuni”  tashkil qildi.

Unda sektor rahbari fuqarolar yechim istab kelgan murojaatlarini tinglab, ularning ijobiy hal etilish bo‘yicha yechim izlandi. Qabuldan so‘ng fuqarolar murojaati joyiga borib o‘rganildi.

Isitish tizimlarining barqoror ishlashini ta’minlash

Pastdarg‘om tuman hokimligida tuman hokimi Vahobjon Murodqobilov rahbarligida ijtimoiy soha obe’ktlarining isitish tizimlarining barqoror ishlashini ta’minlash,  gaz, suv va enektr energiyasidan debitor qarzdorliklarni bartaraf etish va boshqa masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM