Янгиликлар

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlaridagi ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi

Uni pastdarg‘omlik Diyora Keldiyorova (-52 kg) dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan finalda BAA vakilasi Bishrelt Xolrudini Golden Score'da mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

Bu O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun mazkur Osiyo o‘yinlaridagi ilk oltin medal bo‘ldi.

Olti qahramondagi obodonlashtirish ishlari muhokama qilindi

Pastdarg‘om tumanining Olti qahramon mahallasida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" dasturi asosida hududni obod maskanga aylantirish ishlari qizgin olib borilmoqda. Tuman hokimi Vahobjon Murodqobilov ushbu mahallada bo’lib, tegishli mas’ullar ishtirokida ish jarayonini muhokama qildi.

Sayyor qabul

Pastdarg‘om tuman 3-sektor rahbari Maruf Qo’ziyevning sektor hududida joylashgan  To’rttom mahalla  fuqarolar yig‘inida aholi uchun navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Qabul davomida fuqarolarning bandligini ta’minlash,  moddiy yordam, uy-joy ta’miri hamda elektr energiyasi bo‘yicha tushgan murojaatlar yechimi yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. 

2015-2023 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM