SHUNCHALAR BEFARQMIZMI YOKI TUSHUNISHNI XOHLAMAYMIZMI!?

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2029-yil 21-oktabrdagi  “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20-fevraldagi “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimligi tomonidan ishchi guruh tashkil etilgan. Ushbu qaror va qonunlarning ijrosini ta’minlash maqsadida ishchi guruh o‘z ishini boshlaganiga bir necha hafta bo‘lishiga qaramay arzirli natijaga erisha olmadik! Nega va nima uchun? Shunchalar befarqmizmi yoki tushunishni xohlamaymizmi?

O‘rganish natijasida shunday holatlar ma’lum bo‘ldiki, afsuski, tadbirkorlarimizga reklamangiz davlat tilida yozilmagan deb e’tiroz bildirsak, buni nimasi yomon?  Nimasi vahimali?  deb kulganlari ham uchramoqda. Hattoki, “bizni tadbirkorlik faoliyatimigza to‘sqinlik qilyabsizlar” deb har xil bahonalar o‘ylab topishmoqda.

Hurmatli tadbirkorlar! Sizlarning faoliyatingizha hech kim to‘sqinlik qilmaydi. Yurtboshimiz tomonidan siz uchun juda katta imkoniyat eshiklari ochib berilayotgan bir vaqtda nima uchun davlatimiz rahbariyati tomonidan tasdiqlangan qonun hujjatlariga rioya etmayabsiz!?

Aslini olganda, biz bir qancha tadbirkorlarimizga OGOHLANTIRISH XATI ham berib chiqdik. Lekin muddat yakunlanganligiga qaramasdan hali ham tadbirkorlarimiz tomonidan bunga loqaydsizlarcha qaralmoqda. Tilimizga nisbatan bunday “hurmat va ehtiromlaringiz” kishini dilini xira qiladi. Shuning uchun ham jonkuyarlarimiz tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda bu mavzu bong urilmoqda.

 

 

 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM