Mavsum boshlandi

Pastdarg‘om tumanida 2023-yil hosili uchun 287 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan jami 16 ming 949 gektar maydonda g‘o‘za yetishtirilib, jami 54 ming 597 tonna paxta hosilini olish rejalashtirilgan.

Mavsum boshlangani munosabati bilan tumandagi “Samarqand Kamalak Invest Tekstil” korxonasida tadbir tashkil qilindi.

Unda viloyat hokimining o‘rinbosari Sh.Xudayberdiyev, tuman sektor rahbarlari, tegishli soha vakillari, fermer xo‘jalik rahbarlari hamda nuroniy otaxonlar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida Qur’on tilovat qilinib, bobodehqonlar oldidagi mashaqqatli, shu bilan birga sharafli ishlarida kuch-quvvat, yurtimizda mo‘l-ko‘lchilik, to‘kin-sochinlik barqaror bo‘lishligini tilab duo qilindi.

Shundan so‘ng mas’ullar tomonidan mavsumni betalafot o‘tkazib, yetishtirilgan hosilni yog‘in-sochinli kunlarga qoldirmasdan, qisqa fursatlarda yig‘ishtirib olish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.
Tadbir so‘ngida dasturxon yozilib, elga osh tarqatildi.

2015-2023 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM