
Ijtimoiy tarmoqlarda "Pastdarg'om tumanida yashovchi onaxon nabiralari bilan qiyin ahvolda qoldi" mazmunida video tarqaldi. Holat yuzasidan o'rganish davomida shu ma'lum bo'ldiki videoda aks etgan ayol Abdulimova Gulzoda Shomirzayevna bo'lib, aslida u kishi 1961-yil 4-aprelda Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan bo'lib, Toyloq tumanidan "propiska"dan o‘tgan. Hozirgi kunda Sanginov Shoxrux Elchiboy o‘g‘lining Pastdarg‘om tumani Kamolot mahallasidagi uyida ijarada turadi.
Marhum qizi Gʻoziyeva Gulnozaning 3 nafar farzandiga qarab keladi. Abdualimova Gulzoda Pastdarg'om tumanidan bo'lmasa ham joriy yil Kamolot mahallasi xotin qizlar faoli Sottorova Shaxnoza tomonidan 4-bosqich “Ayollar daftari”ga xatlov o‘tkazish jarayonida, ijarada turganligi aniqlanib “Ayollar daftari”ning 5 toifasiga, ya’ni “Ijara shartnomasi” bo‘yicha kiritigan va unga 2 000 000 so'm ijara puli shartnoma asosida to‘lab berilgan. Nabiralarini vasiylikka olish uchun xotin-qizlar faoli tamonidan hujjatlari ham rasmiylashtirilmoqda.