Tuman prokurori Alisher Navoiy mahallasida bo'ldi

Pastdarg‘om tuman prokurori 2-sektor rahbari E.E.Axmedjonov hamda Xalq qabulxonasi mudiri S.Chorshanbayev boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari  bilan birgalikda sektor hududida joylashgan  A.Navoiy MFYda aholining turmush tarzi va yashash sharoitini o‘rganish maqsadida yoshlar va fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning bandligini ta’minlash, moddiy yordam, yo‘llarni shag‘allashtirish hamda elektr energiyasi bo‘yicha tushgan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Shuningdek A.Navoiy mahallasida aholi muammolarini va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish ishlari olib borilib xonadonlarning tomorqalaridan unumli foydalanish, sanitariya holatlarini yaxshilash va mahalla hududini obodonlashtirish ishlari tashkil qilinib, mahalla ahliga tegishli tushuntirishlar berildi va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM