Mahallalarda iftorlik dasturxoni yozilmoqda

Avval xabar berganimizdek, muborak Ramazon oyi munosabati bilan joylarda ro'zadorlar, ijtimoiy ko'makka muhtoj va daftarlarda turuvchi fuqarolar va ularning oila a'zolari uchun iftorlik dasturxonlari yozilmoqda.

Bugun tumanimizdagi Amir Temur, Samarqand, Hovuzak mahallari fuqarolari uchun iftorlik marosimi o'tkazildi. Unda sektor rahbarlari, tuman bosh imom-xatibi va nuroniylar ham ishtirok etishdi.

Iftorlik davomida Qur’on tilovat qilinib, yurtimiz tinchligi uchun duoga qo‘l ochildi. Dasturxon atrofida kechgan suhbatlar davomida bugun yurtimizda “Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyil asosida amalga oshiriayotgan islohotlar xususida so‘z yuritildi.

 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM