“Oqila ayollar” harakati a’zolari – Pastdarg‘om tumanida

Respublika “Oqila ayollar” harakati ishchi guruhi a’zolari viloyatimizda bo‘lib, hududlarda seminar-trening mashg‘ulotlari tashkil etishmoqda. Shunday seminar-treninglarning navbatdagisi Pastdarg'om tumanida o'tkazildi. Seminar treningda Respublika “Oqila ayollar” harakati yetakchisi Oynisa Musurmonova, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi ekspert-maslahatchisi Jamila Shermuhamedova, Samarqand viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zebiniso Raxmanova, Pastdarg‘om tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nazaira Qorayeva shuningdek tumandagi barcha mahallalar xotin-qizlar faollari, mahalla oqila ayollari, oltin oyilar ishtirok etishdi.

Tuman hokimligida bo'lib o'tgan tadbirda Respublika “Oqila ayollar” harakati yetakchisi Oynisa Musurmonova so‘zga chiqib, mazkur harakat a’zolarining vazifalari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi ekspert-maslahatchisi Jamila Shermuhamedova O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi loyihasida ham oilalar, xotin-qizlar manfaatini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgani xususida so‘z yuritdi.

Samarqand viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zebiniso Raxmanovaning ta’kidlashicha, viloyat bo‘yicha 17420 nafar “Oqila ayollar” haraqati a’zolari saylangan. Ular tomonidan joylarda samarali ishlar olib borilmoqda.
 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM