Uch avlod uchrahuvi

Pastdargʼom tumanidagi 11-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida tumanning nuroniylari hamda yoshlari oʼrtasida "Uch avlod uchrashuvi" boʼlib oʼtdi. 

Tadbirda tuman nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi А.Gaffarov, "Mexnat faxriysi" koʼkrak nishoni sohibi T.Bobonorov, Samarqand Davlat iqtisodiyot va servis institutining kafedra mudiri dotsent А.Аzizqulov hamda bir guruh yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda so'z olganlar jamiyat ravnaqida nuroniy va yoshlarning hamjihatligi, oʼzining bosib oʼtgan xayot yoʼli hamda yoshlarni hayotda oʼz oʼrinlarini topishda nuroniylar koʼmakdosh boʼlishini va yoshlar esa faqatgina oʼqish bilimli boʼlish vatanga sadoqat ruhi bilan yashashlari toʼgʼrisida gapirishdi.

Yoshlardan Z. Аxtamova hamda S. Аxmadjonovlar esa bugungi tadbirdan juda katta ta'surot olganliklarini kelajakda shu yurtning bilimli mamlakatimiz ravnaqi yoʼlida xizmat qilishlari toʼgʼrisida gapirdilar. 

 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM