PASTDARG‘OMDA BELGILANGAN ISHLAR DAVOM ETTIRILMOQDA

 

Ayni kunlarda ham Pastdarg‘om tumanida Prezidentimizning 2022-yil 25-oktabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 408-sonli qaroriga asosan qurilish va rekonstruksiya ishlari davom ettirilmoqda.

Xususan, tumandagi Utarchi mahallasida elektr energiyasi ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida 7467-transformator punktining elektr uzatish tarmog‘iga 80 dona temir beton ustunlari o‘rnatish va 3 km. 0,4 kV elektr uzatish tarmog‘iga yopiq tipdagi zamonaviy SIP kabellarini tortish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda hududga olib kelingan 55 dona temir beton ustunlarini o‘rnatish ishlari bajarildi.

 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM