Mahalla binolariga quyosh panellari oʻrnatildi

 

Joriy yil 10-iyun kuni Prezident rahbarligida qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi. Mazkur yigʻilishda barcha vazirlik va idora, hokimlik, mahalla binolarini muqobil energiyaga oʻtkazish boʻyicha topshiriq berilgan edi.

Pastdarg‘om tumanida 9 ta mahalla binolariga muqobil energiya manbai ya'ni quyosh panellari o‘rnatilgan. Bugunning o‘zida Do‘rmonsoy, Istiqbol, Bog‘onali mahalla binolariga ham quvvati 1 kv dan bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatildi. Shu kunlarda tumandagi barcha mahalla binolarini muqobil energiya bilan ta'minlash rejalashtirilgan.

 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM