Kamondan otish

Pastdargʻom tumanidagi 54-ixtisoslashtriligan davlat umumtaʼlim maktabida Samarqand viloyati Milliy gvardiya va Qoʻriqlash boshqarmasi  hamkorligida 5 muhim tashabbus tadbirlari doirasida maʼnaviy- maʼrifiy hamda sport tadbirlari boʻlib oʻtdi. Tadbir avvalida harbiylar tomonidan  yoshlar qalbida vatanparvarlik tuygʻularini shakillantirish, yurtiga va xalqiga sadoqatli farzandlar boʻlib uygʻayishi lozimligi shuningdek, Vatan himoyachisi boʻlish mashaqqatli va oʻz navbatida sharafli kasb ekanligi toʻgʻrisida oʻquvchilarga batafsil tushunchalar berildi. 

Shundan soʻng, Pastdargʻom tumani qoʻriqlash boʻlimi xodimlari tomonidan kinologiya xizmati va qoʻriqlash xizmatining afzalliklari tushuntirilib, yoshlarga kutilmagan xavfli vaziyatlarda oʻzini himoya qilish usullari oʻrgatildi. Maktab oʻquvchilarini milliy sport oʻyinlarimizdan biri hisoblangan kamondan otish sport turiga qiziqtirish maqsadida mahorat mashgʻulotlari ham tashkil etildi.

 

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM