
Xabaringiz bo‘lsa, elektr energiyasi ta’minoti og‘ir bo‘lgan hududlarda elektr ta’minotini yanada yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Pastdarg‘om tumanidagi og‘ir hudud deb belgilangan 8 ta mahallada ham qo‘shimcha transformator punkti o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, tumaning Temiryo‘l mahallasi hududida ham elektr ta’minoti sifatini yanada yaxshilash maqsadida tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan 7845-transformator punktiga qo‘shimcha 100/10 kVli yangi transformator punkti o‘rnatildi.
Shuningdek, mazkur transformator punktining 10 kV havo elektr uzatish tarmog‘iga temir beton ustunlari o‘rnatish ishlari bajarilmoqda.