
Joriy yilning yanvar oyida 10 ta tadbirkorlik sub’ektiga dastlabki buxgalteriyani yuritish, 3 tasiga 7,1 mln. so‘mlik boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lovini qaytarish, 133 tasiga E-aktiv, E-ijara, E-imtiyoz avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘mak berildi.
Tuman bo‘yicha joriy yil yanvar holatiga 623 nafar jismoniy shaxs o‘zini o‘zi band qilganini qayd etish lozim. Sohalar kesimida bu borada yo'lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish, tikish-bichish, qurilish-ta'mirlash ishlari va avtomobillarni mayda ta'mirlash ishlari bilan shug‘ullanuvchi xizmat ko‘rsatish sohalari yetakchilik qildi. Jumladan, ushbu yo‘nalishlarda 244 kishi o‘zini o‘zi band qilib, faoliyat yuritishni boshladi.
Telegram messenjeridagi “Soliqchi-ko‘makchi Pastdarg‘om DSI” guruhi orqali soliq to‘lovchilarning murojaatlari va savollariga malakali mutaxassislar tomonidan tezkorlik bilan javob qaytarilmoqda. Masalan, yanvar oyida “Soliqchi-ko‘makchi Pastdarg‘om DSI” guruhida 11 ga yaqin savollarga atroflicha javob berildi.