
Tumanda 2023-yilda urug‘lik paxta yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun tuman hokimliklari tomonidan ixtisoslashtiriladigan hududlarda tanlov asosida uzoq muddatga urug‘chilik xo‘jaliklari o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi
Tanlov komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- Fermer xo‘jaligi rahbari nomidan ariza;
- Fermer xo‘jaligi rahbari nomidan tilxat;
- Tuman Qishloq xo‘jaligi Yer resurslari bo‘limi ma’lumotnomasi;
- Fermer xo‘jaligi, uning rahbari va ishchi xodimlari to‘g‘risida ma’lumotnoma
- Irrigatsiya tizimi boshqarmasi ma’lumotnomasi
- Viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining tuman bo‘limlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma
- Fermer xo‘jaligi rahbarining mutaxassisligi va ma’lumoti to‘g‘risida hujjat (dimlom nusxasi)
- Fermer xo‘jaligi rahbarining qishloq xo‘jaligi sohasidagi ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat daftarchasi va boshqa hujjatlar)
- Fermer xo‘jaligida ishlayotgan urug‘chi hosilotning ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (diplom nusxasi va mehnat daftarchasi)
- Majburiyatdan ozod pul mablag‘i to‘g‘risida tegishli bank tomonidan berilgan ma’lumotnoma
- Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyaning tuman bo‘limi boshlig‘i tomonidan berilgan ma’lumotnoma hamda texpasport nusxasi
- Kontraktatsiya shartnomasining bajarilishi bo‘yicha paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan berilgan ma’lumotnoma
- So‘ngi 3 yil ichidagi paxta hosildorligi bo‘yicha paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan berilgan ma’lumotnoma
Tuman hokimliklari taklifiga asosan urug‘chilikka ixtisoslashtiriladigan hududlardagi qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘rtasida urug‘chilik xo‘jaliklarini tanlov asosida uzoq muddatga tanlanishini, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil
12 oktyabrdagi 641-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan 2023 yilning
15 yanvardan 2023 yilning 5 fevralgacha tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limiga 2 (ikki) nusxada taqdim etishlari lozim.
Tanlov tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limida 2023 yil mart oyining birinchi o‘n kunligida belgilangan grafik asosida tanlov komissiyasi ishtirokida o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun manzil: “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DM Samarqand viloyati boshqarmasi. Murojaat uchun telefon:
(66)-234-07-66, 90-601-01-55.