Pastdarg‘om tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Axmedov Asatulla Berdialiyevichning “Soliqchi — ko‘makchi” tamoyili asosida Noyabr oyida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti

Assalomu alaykum,

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

 

    Pastdarg‘om tumani davlat soliq inspeksiyasiga noyabr oyi uchun byudjet daromadlariga 10 mlrd 212 mln 500 ming so‘mlik reja belgilangan. Amalda esa 11 mlrd 22 mln 400 ming so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 107,9 foizga ( 809.9 mln so‘mga  ortig‘i bilan) bajarildi.

    Jumladan, noyabr oyida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha belgilangan 5 mlrd 433.0 mln so‘mlik reja haqiqatda 5 mlrd 627 mln 300 ming so‘m (103,6 foiz)ga, jismoniy shaxslardan olinadigan yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha jami 2 mlrd 334 mln so‘mlik reja belgilangan bo‘lib haqiqatda 2 mlrd 680 mln 200 ming so‘m ( 114,8 foiz)ga  bajarildi.

          Tadbirkorlarni faoliyatini endi boshlagan hamda faoliyati davomida qiyinchilikka duch kelayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga “Soliqchi–tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida izchil ishlar amalga oshirilib kelmoqda.

         “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida noyabr oyida 505 ta tadbirkorlik sub’ektlari o‘rganildi. Shundan 490 tasiga ko‘maklashish zarurligi aniqlandi.

          Jumladan, dastlabki buxgalteriyani yuritishda 51 ta, soliq qarzi to‘g‘risida ma’lumot berishda 252 ta, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartiblari bo‘yicha tushuncha berishda 187 ta, 5.6 mln.so‘mlik boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lov summasini qaytarishda 2 ta tadbirkorlik subektlariga ko‘maklashildi.

           Masalan, "MBM FUTBOL" ma’suliyati cheklangan jamiyatiga dastlabki buxgalteriya xisobotlarini topshirishda, "DILFUZA LAZZAT TAOMI" oilaviy korxonasiga soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartiblari bo‘yicha ko‘maklashildi.

 Mamlakatimizda aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilgan holda ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-sonli qarori bu borada muhim dasturilamal hujjat bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, jismoniy shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan  sifatida ro‘yxatdan o‘tishi murakkab jarayon emas. Jumladan, bu Soliq mobil ilovasi yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng matritsali shtrix kod (QR-kod)li guvohnoma beriladi.

  Pastdarg‘om tumani  bo‘yicha 2022 yilning noyabr oyida o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni  761 nafarni tashkil etmoqda. Shundan, 94 nafari ijtimoiy yo‘nalish, 434 nafari avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va maishiy xizmatlar yo‘nalishi, 46 nafari qurilish–ta’mirlash ishlari yo‘nalishi, 73 nafari qishloq xo‘jaligi, 9 nafari axborot-komunikatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha xizmatlar hamda boshqa xizmatlar sohasida bo‘yicha 105 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilib, faoliyat yuritishni boshladi.

  Bugungi kunda soliq to‘lovchilarning murojaat va savollariga tezkorlik bilan javob qaytarish maqsadida telegram messendjerida “Soliqchi-ko‘makchi Pastdarg‘om DSI” guruhi tashkil qilingan bo‘lib, savol va murojaatlarga tezkorlik bilan javob berib kelinmoqda.

Shuningdek, +998990093329 raqami orqali Telegram messenjerida yozma murojaat qilish mumkin.

Soliq tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni sodda va xalqchil tilda tushuntirishda, ayniqsa, tumanda hali ko‘p ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Tuman davlat soliq inspeksiyasida faoliyat yurituvchi barcha darajadagi rahbarlar soliq to‘lovchilarga ko‘mak berishga har doim tayyor. Soliq to‘lovchilar muammolar va savollar bilan bevosita qabulimizga kelib yoki yuqorida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilgan manzil orqali bemalol murojaat qilishi mumkin.

E’tiboringiz uchun rahmat!

 

 

Pastdarg‘om tumani davlat soliq

inspeksiyasi boshlig‘i                                                          A.Axmedov

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM