Pastdarg‘om tuman davlat soliq inspeksiyasining “Soliqchi — ko‘makchi” tamoyili asosida tuman davlat soliq xizmati organlarining amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan MUROJAATI

Assalomu alaykum,

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Bugungi kunda Pastdarg‘om tuman davlat soliq inspeksiyasi "Soliqchi – ko‘makchi" tamoyili asosida faoliyat yuritishi ustuvor vazifa etib belgilangan. Xo‘sh, shu o‘rinda “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyilining mazmun-mohiyati nimalardan iborat, degan o‘rinli savol tug‘ilishi tabiiy. Eng avvalo, ish boshlayotgan tadbirkorga birinchi qadamidan unga qaysi soliq rejimi qulay va foydali ekanligini tanlab berishimiz zarur. Undan keyingi bosqichda asosiy e’tibor tadbirkorlik sub’ektining oyoqqa turib olishiga, faoliyat ko‘rsatmayotganlarini qayta tiklashga, buxgalteriyasini yuritish, hisobotlarni shakllantirish va topshirish, xullas, nima muammosi bo‘lsa hal etish bo‘yicha ko‘maklashishga qaratiladi.

Pastdarg‘om tuman davlat soliq inspeksiyasiga III chorak uchun byudjet daromadlariga 32 145,0 milliard so‘mlik reja belgilangan bo‘lib, haqiqatda 33 153,8 milliard so‘mlik tushum ta’minlandi va prognoz ko‘rsatkichi 103 % foizga (1 008,8 milliard so‘m ortig‘i bilan) bajarildi.

Belgilangan rejaning ortig‘i bilan bajarilishida har bir tadbirkorlarning muammolarini tushungan holda, ularga yaqin ko‘makchi sifatida ish tashkil qilingani asosiy sabab desam yanglishmayman.

Ta’kidlash joizki, bugungi kunda davlat soliq xizmati organlari faoliyati tadbirkorlarni jazolashga emas, aksincha ularga eng yaqin ko‘makchi bo‘lish, ishbilarmon doira vakillarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Demak, faoliyatimizga baho soliq qonunchiligi buzilishi qay darajada kamaygani, tadbirkorlarni ortiqcha sarf-xarajatlardan saqlab qolish, ular duch kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga qarab beriladi.

Faoliyatini boshlayotgan tadbirkor qator muammolarga duch kelishi ehtimoldan holi emas. Ayni jarayonda ularga davlat soliq xizmati organlari xodimlari ko‘makchi bo‘lishi zarur.  

Darhaqiqat soliq xodimi eng avvalo, yangi ish boshlayotgan tadbirkorga birinchi qadamidan unga qaysi soliq rejimi qulay va foydali ekanini tanlab berishimiz zarur.

“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida shu kungacha 1326 ta tadbirkorlik sub’ektlari o‘rganildi. Shundan 1325 tasiga ko‘maklashish zarurligi aniqlandi.

Jumladan, dastlabki buxgalteriyani yuritishda 387 ta, soliq qarzi to‘g‘risida ma’lumot berishda 612 ta, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartiblari bo‘yicha tushuncha berishda 253 ta, 593,7 million so‘mlik boshqa soliq turlaridagi ortiqcha to‘lov summasini qaytarishda 73 ta tadbikorlik sub’ektlariga ko‘maklashildi.

Masalan, "AMINI JASUR"xususiy korxonasiga dastlabki buxgalteriya xisobotlarini topshirishda, "XAYRINISO OMAD PLAST"ma’suliyati cheklagan jamiyatiga soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartiblari bo‘yicha ko‘maklashildi.

Mamlakatimizda aholini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilgan holda ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4742-sonli qarori bu borada muhim dasturilamal hujjat bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, jismoniy shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan  sifatida ro‘yxatdan o‘tishi murakkab jarayon emas. Jumladan, bu Soliq mobil ilovasi yoxud soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng matritsali shtrix kod (QR-kod)li guvohnoma beriladi.

Pastdarg‘om tumani bo‘yicha 2022 yilning III choragida o‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar soni  3249 nafarni tashkil etmoqda. Shundan,70 nafari ijtimoiy yo‘nalish, 1095 nafari maishiy xizmatlar yo‘nalishi, 517 nafari qishloq xo‘jaligi, 62 nafari axborot-komunikasiya yo‘nalishlari bo‘yicha xizmatlar  bo‘yicha o‘zini o‘zi band qildi.

Bugungi kunda soliq to‘lovchilarning murojaat va savollariga tezkorlik bilan javob qaytarish maqsadida telegram messendjerida “Soliqchi-ko‘makchi Pastdarg‘om DSI” guruhi tashkil qilingan bo‘lib, savol va murojaatlarga tezkorlik bilan javob berib kelinmoqda.

Shuningdek, +998990093329 raqamiorqali Telegram messenjerida yozma murojaat qilish mumkin.

Soliq tizimida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni sodda va xalqchiltilda tushuntirishda, ayniqsa, tumanda halik o‘pishlarni amalga oshirishimiz lozim. Tuman davlat soliq inspeksiyasida faoliyat yurituvchi barcha darajadagi rahbarlar soliq to‘lovchilarga ko‘mak berishga har doim tayyor. Soliq to‘lovchilar muammolar va savollar bilan bevosita qabulimizga kelib yoki yuqorida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rsatilgan manzil orqali bemalol murojaat qilishi mumkin.

E’tiboringiz uchun rahmat!

2015-2024 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM