Aholini ro‘yxatga olishda bandlik holati

Bandlik holati – tegishli shaxs ishlayotgan boshqa shaxslar yoki tashkilotlar bilan ochiq yoki yopiq turdagi ish shartnomasi turi. Tasniflash guruhini aniqlash uchun foydalaniladigan asosiy mezonlar iqtisodiy xavfning bir turi bo‘lib, uning elementi shaxs va uning ish joyi o‘rtasidagi aloqaning odatiy turi, shuningdek, u o‘z vazifalari doirasida amalga oshiradigan muassasalar va boshqa xodimlarga nisbatan vakolat turi hisoblanadi.

Xalqaro taqqoslashlar uchun bandlik holati to‘g‘risidagi statistikani ushbu sohadagi so‘nggi xalqaro standartlarga muvofiq tuzish tavsiya etiladi. Ro‘yxatga olish bo‘yicha ushbu tavsiyalar to‘plamini tasdiqlash vaqtida mazkur standartlarni qayta ko‘rib chiqish amalga oshirildi va yakunlanishi kutilmoqda. So‘nggi mavjud standart xalqaro bandlik tasnifining klassifikatori 1993- yilda o‘n beshinchi Xalqaro mehnat statistikasi konferensiyasida qabul qilingan. Xalqaro standart asosida barcha ishchilar ish bilan ta’minlanganlik maqomiga ko‘ra quydagi tarzda tasniflanishi mumkin:

  • Yollanma ishchilar;
  • O‘zini-o‘zi ish bilan ta’minlash;
  • Ish beruvchilar;
  • Individual asosda ishlaydigan shaxslar va ishlab chiqarish kooperativlari a’zolari;
  • Individual asosda ishlaydigan shaxslar;
  • Ishlab chiqarish kooperativlari a’zolari;
  • Ishda yordam beradigan oila a’zolari;
  • Maqomlari bo‘yicha tasniflash mumkin bo‘lmagan shaxslar.

Alohida jadvallarni kamida ikkita asosiy toifalar bo‘yicha tuzish tavsiya etiladi “yollanma ishchi” va “o‘zini-o‘zi ish bilan ta’minlash” bandlik holati bo‘yicha tasniflangan barcha ma’lumotlarda, biroq “ish beruvchilar”, “individual asosda ishlaydigan shaxslar va ishlab chiqarish kooperativlari a’zolari” va “ishda yordam beradigan oila a’zolari” toifalar bo‘yicha ma’lumotlar ro‘yxatga olish doirasida to‘planishi kerak. Xalqaro standartlarida ishlab chiqarish kooperativlari a’zolari tasnifning uchunchi belgisi darajasida alohida toifaga ajratiladi. Shu bilan birga, ularni shaxslar bilan umumlashtirish tavsiya etiladi, yuqorida aytib o‘tilgandek, statistik jihatdan ahamiyatsiz bo‘lgan yoki aniqlanmagan mamlakatlarda individual asosda ishlanadi.    

    

Tuman statistika bo‘limi

2015-2022 © Пастдарғом туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM